Matn va taqdimot, rasm va video, katta ma'lumot tahlili, takroriy ishlarni avtomatlashtirish va kod yozmasdan loyiha qurish. Har dars qisqa, har dars oxirida o'z ishingizda ishlatadigan natija.
Telegram ochiladi → «Start» ni bosing. 7 daqiqalik dars va konspekt darhol keladi, to'lov kerak emas.
Narx va dastur ↓

1-dars: sun'iy intellekt nima, qanday «o'ylaydi» va nega xato qiladi. 7 daqiqa. Telegram botga video va dars konspekti (PDF) keladi.
Telegram ochiladi → «Start» ni bosing. To'lov kerak emas.
✕ Bitta postga 1 soat
✕ Rasm uchun dizayner kutasiz
✕ Jadvaldan xulosa chiqmaydi
✕ Bir xil ishni har kuni qo'lda
✕ Sayt uchun dasturchi kerak
Kurs dasturchilar uchun emas — noldan, oddiy tilda boshlanadi.
Har modul oxirida qo'lingizda aniq natija bo'ladi. Modulni bossangiz, ichidagi darslar ochiladi.
Kurs o'zimizning dars.promptkurs.uz platformamizda. Telefonda ham, noutbukda ham qulay.
Tushunmagan joyingizni so'rang: yordamchi darsning o'zidan javob beradi va videoning kerakli joyini ko'rsatadi.
Vazifani yuborasiz — bir necha soniyada har band bo'yicha izoh olasiz: qabul yoki nimani tuzatish kerak.
Har darsga 3–5 sahifalik konspekt: xulosa, slaydlar, tayyor promptlar va lug'at.
Har dars taxminan 7 daqiqa: boblar, o'zbekcha subtitr va qolgan joydan davom ettirish.
Chatbotlarning narxi, tugmasi yoki imkoniyati o'zgarsa, dars yangilanadi. Nima yangilangani alohida sahifada ko'rinadi.
Ikki haftada bir ustoz bilan jonli savol-javob va vazifalar tahlili. Yozuvi platformada qoladi. Kundalik muloqot — o'quvchilarning Telegram guruhida.
Har tushuncha animatsiya va hayotiy misol bilan ochiladi, ekrandagi har bir qadam ko'rsatiladi.






«Har kuni ishimda sun'iy intellektdan foydalanaman. Shu tajribani sizga oddiy tilda, real misollar bilan ulashaman.»
To'lov Telegram bot orqali: bot to'lov ma'lumotini beradi, chekni yuborasiz, admin tasdiqlagach kursga kirish ochiladi.
Savolingiz bormi? Muallifga yozing: @shavkatjon_a · Avval ko'rib chiqmoqchimisiz? Birinchi darsni bepul ko'ring · Allaqachon o'quvchimisiz? Kirish
2 oy: darslar 2-noyabrdan 24-dekabrgacha ochiladi. Kursga kirish esa 4 oy ochiq turadi, shuning uchun ortda qolsangiz ham bemalol yetib olasiz. Har dars taxminan 7 daqiqa, keyin amaliy topshiriq.
2-noyabrdan boshlab dushanbadan shanbagacha har kuni bitta yangi dars ochiladi, yakshanba dam. To'liq jadval sahifa pastida. Ochilgan dars yopilmaydi — xohlagan vaqtingizda ko'rasiz.
Ko'p darslarni telefonda ham bajarsa bo'ladi. 6-modul (kod yozmasdan loyiha qurish) va 9-modul (AI agentlar) uchun noutbuk kerak.
Ha, 4 ta: 14-noyabr, 28-noyabr, 12-dekabr, 26-dekabr — shanba kunlari soat 20:00 da, o'quvchilarning Telegram guruhida. Haftaning savollari, uy vazifalari tahlili va jonli namoyish. Oxirgisi — yakuniy loyihalar taqdimoti (Demo Day). Kela olmasangiz, yozuvi platformada qoladi.
Bir vaqtda 2 ta qurilmada: masalan, telefon va noutbuk. Kirish Telegram orqali, parol kerak emas.
Har darsda «Savolim bor» oynasi bor: AI yordamchi shu dars bo'yicha javob beradi va videoning kerakli joyini ko'rsatadi. Bundan tashqari o'quvchilarning Telegram guruhi bor.
Ha. 10-modulda yakuniy amaliy loyihani himoya qilganingizdan keyin promptkurs.uz sertifikati beriladi.
Ha. Kurs boshlangandan keyin 3 kun ichida yoqmasa, pulingizni to'liq qaytaramiz. Kurs boshlanganidan keyin to'lagan bo'lsangiz, 3 kun to'lov kunidan hisoblanadi. Buning uchun @shavkatjon_a ga yozing.
Muallifning o'ziga — Telegram'da @shavkatjon_a. Bot orqali yozsangiz ham bizga yetib keladi: @promptkurs_bot.
«Sotib olish» tugmasi sizni Telegram botimizga olib o'tadi. Bot to'lov ma'lumotini beradi, chekni shu botga yuborasiz, admin tasdiqlagach kursga kirish havolasi keladi.
2-noyabrdan boshlab dushanbadan shanbagacha har kuni bitta dars ochiladi, yakshanba dam. Ikki haftada bir shanba kuni soat 20:00 da ustoz bilan jonli efir. Ochilgan dars yopilmaydi — o'zingizga qulay vaqtda ko'rasiz.
Birinchi darsdayoq sun'iy intellekt qanday «o'ylashini» va unga qachon ishonsa bo'lishini bilib olasiz.
Telefoningiz kamerasi bilan skanerlang — bot telefoningizdagi Telegram'da ochiladi.
Kompyuterdagi Telegram'da ochish Brauzerda ochish (Telegram Web)Telegram yo'qmi? Telefoningizga o'rnating: telegram.org/apps